Hurmatli ustoz Duysenbay Karimovning 60 yilligiga bağişlangan yubiley keçasi taşkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi professori, hurmatli ustoz Duysenbay Karimovning 60 yilligiga bağişlangan yubiley keçasi bölib ötdi.
Tadbirda yurtimizning jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan taniqli ustoz murabbiylar, institut rektorati va fakultetlari vakillari, oliy ta’lim muassasalarining professor-öqituvçilari, yubiley egasining yaqinlari, şogirdlari, şuningdek, talaba-yoşlar iştirok etdi.
Keçada institutning jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri, professor Asqar Niyazov yubiley egasining hayoti, ilmiy-pedagogik va ta’lim-tarbiya sohasida amalga oşirayotgan faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Duysenbay Karimov 1966-yil 14-oktyabrda Xöjayli tumanida tuğilgan. 1992-yilda Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy tarbiya fakultetini muvaffaqiyatli tamomlab, şu yerda sport fanlari nazariyasi va amaliyoti kafedrasida stajyor-öqituvçi sifatida öz mehnat faoliyatini boşladi. 34 yillik ilmiy-pedagogik mehnat faoliyati davomida assistent-öqituvçi, fakultet dekani örinbosari, katta öqituvçi lavozimlarida işlab, dotsent va professor kabi ilmiy unvonlarga erişdi.
U veteran sportçilar örtasida ötkaziladigan respublika musobaqalarida qatnaşib, yuqori natijalarni qölga kiritib kelmoqda. Xususan, 2024-yil aprel oyida sambo böyiça Buxoro şahrida ötkazilgan Özbekiston çempionatida 1-örinni, öşa yil may oyida Qozoğiston Respublikasining Aqtau şahrida bölib ötgan Osiyo va Okeaniya çempionatida 3-örinni, şuningdek, Tojikiston Respublikasining Duşanbe şahrida ötkazilgan jahon çempionatida 3-örinni egalladi.
Ilmiy-pedagogik faoliyati doirasida köplab şogirdlarga ustozlik qilib, bakalavr bitiruv malakaviy işlari va magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlaşga ilmiy rahbarlik qildi.
Duysenbay Karimovning şogirdlari “Universiada”, “Beş taşabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi” va boşqa respublika hamda xalqaro sport musobaqalarida tennis, vorkaut, armrestling kabi sport turlari böyiça ğoliblar safidan joy olib kelmoqda.
U olim sifatida respublika va xalqaro miqyosda ötkazilayotgan ilmiy-nazariy konferensiyalarda özining ma’ruzalari bilan muntazam iştirok etib, ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qildi, şuningdek, bir neçta öquv va uslubiy qöllanmalarni naşr etdi.
Fidoyi ustoz Duysenbay Karimovning yoşlar ta’lim-tarbiyasi va ilmiy-pedagogik yönalişdagi xizmatlari munosib baholanib, 2004-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq ta’limi a’loçisi, 2024-yilda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining qarori bilan “Vatan fidoyisi” kökrak nişonlari bilan taqdirlandi.
Yubiley keçasida sözga çiqqanlar Duysenbay Karimovning bolalik, yoşlik davrlari, mehnat faoliyati davomida amalga oşirgan ibratli xizmatlarini yodga olib, unga ezgu tilaklarini bildirdi.
Tadbir yakunida ustoz Duysenbay Karimov sözga çiqib, körsatilayotgan e’tibor va bildirilgan tilaklar uçun barçaga minnatdorlik bildirdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
