NukusDPIning qizlar voleybol jamoasi – “Beş taşabbus olimpiadasi” ğolibi

Bugun, 6-noyabr kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti sport saroyida oliy ta’lim muassasalari talaba qizlari örtasida “Beş taşabbus olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida voleybol böyiça musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçi bölib ötdi.

Yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş, ularning sportga bölgan qiziqişini oşiriş va jismoniy faolligini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan musobaqa juda qizğin kuraşlarga boy böldi.

Musobaqa davomida oliy ta’lim muassasalari jamoalari özaro kuç sinaşib, maydonda çaqqonlik, epçillik, jamoada işlaş va yuqori sport mahoratini namoyiş etdi. Ayniqsa, iştirokçilarning har bir oçko uçun murosasiz kuraşi, ğalabaga bölgan intilişi va jamoaviy hamjihatligi musobaqaga kötarinki ruh bağişladi.

Şunday qilib, musobaqa yakunida:

1-örin – Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti;

2-örin – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti;

3-örin – Nukus davlat texnika universiteti jamoalariga nasib etdi.

Ğolib jamoa musobaqaning respublika final bosqiçiga yöllanma oldi.

Ğolib va sovrindorlar Qoraqalpoğiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan taqdirlandi.

Bunday sport tadbirlari yoşlarning jismoniy salomatligini mustahkamlaş, iqtidorli va istiqbolli sportçilarni aniqlaş, şuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida döstona munosabatlarni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

NukusDPI matbuot xizmati.