Poytaxtimizda Özbekiston ziyolilari kengaşining hududiy yiğilişi taşkil etildi

Bugun, 10-noyabr kuni poytaxtimiz Nukus şahrida Özbekiston ziyolilari kengaşining hududiy yiğilişi taşkil etildi.
Yiğilişda respublikamizdan olimlar, pedagoglar, ijodkorlar, madaniyat va san’at namoyandalari, jurnalistlar va boşqa soha ziyolilari iştirok etdi.
Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev iştirok etib, davlatimiz rahbarining bevosita taşabbusi bilan mamlakatimiz tarixida ilk bor “Yangi milliy taraqqiyot tayançi – Özbekiston ziyolilari” ğoyasi ostida ötkazilayotgan bugungi tadbirning ahamiyatiga töxtaldi.
Ta’kidlanganidek, har qanday jamiyatning taraqqiyoti, avvalo, uning ma’naviy saviyasi, ilmiy salohiyati, intellektual imkoniyatlari va bunyodkorlik qobiliyati bilan belgilanadi.
Ziyolilar esa ana şu taraqqiyotning harakatlantiruvçi kuçi, jamiyatning ma’naviy tayançi, aholini ezgu maqsadlar sari yönaltiradigan ulkan ijtimoiy kuçdir.
NukusDPI matbuot xizmati.
