Isitiş mavsumida xavfsizlik qoidalariga rioya etiş böyiça tuşuntiriş işlari olib borildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida isitiş mavsumida talaba-yoşlar xavfsizligini ta’minlaş, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş hamda turli noxuş holatlarga yöl qöymaslik maqsadida profilaktik uçraşuv taşkil etildi.
Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliğining örinbosari B.Avazmetov hamda tegişli mutasaddilar iştirok etib, talaba-yoşlarga isitiş mavsumida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiliş yuzasidan batafsil tuşuntirişlar berdi.
Uçraşuv davomida, ayniqsa, is gazidan zaharlanişning oldini oliş, gaz va isitiş moslamalaridan töğri foydalaniş, elektr jihozlarini işlatişda xavfsizlik talablariga amal qiliş hamda yonğin xavfsizligi qoidalari haqida atrofliça ma’lumot berildi.
Sözga çiqqanlar, is gazidan zaharlanişga olib keluvçi omillar, uning dastlabki belgilari, favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qiliş tartibi va tezkor xizmatlarga murojaat qiliş masalalariga alohida töxtaldi.
Mutaxassislar tomonidan talaba-yoşlarga kundalik hayotda xavfsizlik qoidalariga befarq bölmaslik, isitiş va elektr jihozlaridan foydalanişda ehtiyotkorlikni oşiriş, aniqlangan xavfli holatlar haqida mas’ul xodimlarga zudlik bilan xabar beriş zarurligi ta’kidlandi.
Uçraşuv savol-javoblar va özaro fikr almaşiş ruhida ötib, talaba-yoşlarning favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qiliş borasidagi bilim va könikmalarini mustahkamlaşga xizmat qildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
