“Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida maşhur şoir va yozuvçilar institutga keldi taşrif buyurdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi huzuridagi “Bolalar va ösmirlar adabiyoti” Kengaşi raisi, taniqli şoir, “Şuhrat” medali sohibi Orif Töxtaşev, Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi, “Döstlik” ordeni, “Şuhrat” medali sohibi, filologiya fanlari nomzodi, jurnalist va tarjimon Allanazar Abdiyev, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, şoir Muhammadali Ğafforov iştirokida “Ma’rifat ulaşib” loyihasi taşkillaştirildi.

Tadbir iştirokçilarini institutning yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori Quvondiq Qodirov kutib oldi va institutning yangi öquv binosida taşkil etilgan Ajiniyoz muzeyi bilan taniştirdi.

Mehmonlar Ajiniyoz Qösiboy öğlining 200 yilligi munosabati bilan taşkillaştirilgan muzeydagi eksponatlarga yuqori baho berib, muzeyning esdaliklar kitobiga özlarining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

NukusDPI matbuot xizmati.