“Ma’rifat ulaşib” loyihasi millatlararo totuvlik bayramiga ulanib ketdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ötkazilayotgan “Ma’rifat ulaşib” loyihasi doirasida “Biz – bir oila farzandlarimiz!” mavzusidagi millatlararo totuvlik bayrami bölib ötdi.

Bayram tadbirida institutning “Tömaris” xalq ansambli, “Siy perde”, “Tarannum”, “Baldauren” ansambllari a’zolari, şuningdek, iqtidorli talabalar ijrosidagi turli millatlarning milliy qöşiqlari, raqslari mehmonlar va iştirokçilar e’tiboriga havola etildi.

Loyiha mehmonlari Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi huzuridagi “Bolalar va ösmirlar adabiyoti” Kengaşi raisi, taniqli şoir, “Şuhrat” medali sohibi Orif Töxtaşev, Qoraqalpoğiston xalq yozuvçisi, “Döstlik” ordeni, “Şuhrat” medali sohibi, filologiya fanlari nomzodi, jurnalist va tarjimon Allanazar Abdiyev, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi a’zosi, şoir Muhammadali Ğafforov köp millatli institut talabalari va jamoasining hamjihatligi va döstligiga yuqori baho berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.