Davlat bayroği kuniga bağişlangan bayram keçasi bölib ötdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 18-noyabr – “Özbekiston Respublikasining davlat bayroği töğrisida”gi Qonunining qabul qilingan kuni va bu sanaga 35 yil tölişi munosabati bilan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” mavzusida bayram keçasi bölib ötdi.
Keçada Özbekiston va Qoraqalpoğiston Yozuvçilar uyuşmalari a’zosi, şoir R.Otarbayev, institutning milliy ğoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi katta öqituvçisi D.Bekimbetova, Navoiy nomli davlat stipendiyasi tanlovi ğolibi, institut magistranti Q.Usanova, şuningdek, fakultetlar dekanati vakillari, professor-öqituvçilar, tyutorlar va talabalar iştirok etdi.
Bayram keçasini institutning yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori Q.Qodirov olib bordi.
Tadbirda sözga çiqqanlar tomonidan ta’kidlanganidek, davlat bayroği özida butun Özbekiston xalqining azaliy orzu-intilişlari, irodasi, xalqimizga xos mehmondöstlikni aks ettirgan. Davlat bayroğining davlat muassasalari va taşkilotlari, ta’lim muassasalari, Özbekiston a’zo bölgan xalqaro taşkilotlar, xorijiy davlatlardagi elçixona va doimiy vakolatxonalar oldida hilpirab turişi, turli bayram tantanalarida, mamlakatimiz vakillari iştirok etayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimiz şon-şarafi, xalqimiz ğururini yorqin aks ettirib, köngillarni tölqinlantiradi.
Bayram keçasi iqtidorli talabalar va “Tömaris” xalq ansambli a’zolari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.