Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
![]() |
Завкафедрой: | Тажиева Алия Утебаевна, кандидат педагогических наук, доцент |
| Тел.: | +998913056788 | |
| e-mail: | tajieva67@gmail.com | |
| Веб-сайт: | http://forlang.ndpi.uz |
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi Qoraqalpoq davlat pedagogika institutida 1950 yilda tashkil etilgan. Kafedra tarixiga nomlari oltin harflar bilan yozilgan J.Allamuratov, A.P. Rogach Modement, I.P.Chuxmina, J.Lebel, N.Andrianova, A.A.Qurbanazarov, J.R.Xasanova, K.X.Kamalov, M.N.Madriyakova, S.Y. Virva, K.Ismailov, E.U. Bazarbaev, J.B. Abdireimov, G.D.Melnik, A.V.Tuney, N.Yo‘ldashov, R.K. Rzayeva, B.J. Shaniyazov, M. Allambergenov, R.D. Bekmuratova kabi olimlar va metodistlar yosh avlodni tarbiyalashda oʻz hissasini qoʻshgan.
Bugungi kunda kafedrada 29 dan ortiq oʻqituvchilar, jumladan, 2 ta ilmiy nomzodi (A.Y. Tajieva, D.J. Mamirbaeva), 5 ta PhD (N.M. Jalgasov, A. Khudaybergenov, B. Arziyeva, S. Saparov, F. Allanazarova), 3 ta katta oʻqituvchi (T. Koyshekenova, H. Dawletmuratova, G. Yesbergenova), 8 ta tajribali assistent-oʻqituvchi va 11 ta stajyor-oʻqituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedrada 29 nafar professor – o’qituvchilarning hammasi chet tilini bilish “C1” darajasidagi xalqaro sertifikatga ega. Kafedra mudiri – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Aliya Utebayevna Tajieva.
Ta’lim jarayonida eng muhim omillardan biri o’qituvchilardir, ularning ta’lim darajasi yuqori bo’lishi, o’qitish usullarining xalqaro standartlarga muvofiqligi talabalarning sifatli ta’lim olishiga bevosita ta’sir qiladi. Shu sababli, kafedra o’qituvchilari O’zbekistondagi Britaniya Kengashi, Amerika Qo’shma Shtatlari elchixonasi, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, shuningdek, boshqa da xorijiy universitetlarning malaka oshirish kurslarida tajriba orttirmoqdalar. Xususan, S.Saparov (2008 yil Hindiston); N.Jalgasov (2009. Germaniya, 2024 yil Finlyandiya, 2024 yil AQSh); D.Mamyrbaeva, A.Tajieva (2013 yil Buyuk Britaniya); S. Saparov, N. Jalgasov (2018 yil Buyuk Britaniya), A.Tajieva (2020 yil AQSh), D.Mamirbaeva, N.Nuratdinova (2021 yil AQSh), Z.Ganiyeva (2023 yil Qazan), B.Arziyeva, U.Khodjaniyazova (2024 yil Qozogʻiston) TOP 1000ligidagi xorijiy oʻquv yurtlarida tajriba orttirgan.
Oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari taʼlim berish bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlar bilan ham band boʻladilar. Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda: taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi, turli til tizimlaridagi tillarning qiyosiy tipologiyasi va pedagogika nazariyasi. Kafedrada atab o’tilgan yoʻnalishlar boʻyicha 28 nafar doktorant kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra soʻnggi 5 yil ichida ilmiy jurnallarda 50 dan ortiq maqolalar, 4 ta monografiya, 15 ta oʼquv qoʻllanma, 18 ta metodik qoʻllanma nashr etildi.
Kafedraning asosiy vazifasi maktabgacha taʼlim muassasalarida, oʼrta taʼlim maktablarida va oʼrta maxsus kasb-hunar taʼlimi maktablarida ingliz tili va adabiyoti oʼqituvchisini tayyorlash xisoblanadi. Shu bois, Ingliz tili va adabiyoti yoʻnalishida 500 dan ortiq bakalavriat talabalari va 18 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. Ular uchun barcha qulayliklar yaratilgan: virtual o’quv xonalari, zamonaviy kompyuterlar, proyektorlar, interaktiv taxtalar, ingliz, rus, o’zbek, qoraqalpoq tillarida ko’plab ma’lumotlar jamlangan professional targ’ibot xonasi mavjud. Maʼruzalar va seminarlar innovatsion oʻquv texnologiyalaridan foydalangan holda oʻtkaziladi.
O’qitishning sifati zamon talablariga mos kelishi sababli Ingliz tili va adabiyoti bakalavr yoʻnalishida ko’pgina isteʼdodli va iqtidorli talabalar arosidan Prezident stipendiyalari (A.Kenzemuratova, 2004, I.Dilmanov, 2022, N.Nurniyazov 2024); Alisher Navoiy nomidagi stipendiya (Z.Masharipova, 2004; Z.Kenzemuratova, 2007; S.Ibadullayeva 2008; G.Kenjayeva 2009; A.Bisenova 2010; N.Kalbayeva, N.Babadjanova 2011; A.Berdambetova 2013; N.Jumagaliyeva 2016; A.Orazayeva 2018; Z.Ganiyeva 2018), Qubla Koreyaning O’zbekistondagi elchixonasi stipendiyalari (N. Madreimova , L. Jakipova , R. Rambergenov , R. Sodiqov), I.Yusupov nomidagi stipendiya (N. Jumaniyozova 2015, A. Tajetdinova 2016, D. Kdirbayeva 2020, Nursulton Nurniyazov 2021, AnnaSulton Arazdurdiyeva 2021), Ajinyaz stipendiyalari (A. Muhammedyarov 2018, A. Jalgʻosbayeva 2023), I. Karimov nomidagi stipendiya sovrindori (M.Azatbayeva 2020) nomzodlari bar.
Kafedrada 3 ta to’garak, suhbat to’garagi, yozuм to’garagi, ilmiy tadqiqot to’garaklari mavjud bo’lib, ulardan talabalar va magistrantlar o’z mahoratlarini oshirishlari va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari mumkin. Kafedra talabalari Xalqaro va Respublika konferensiyalarida faol ishtirok etmoqdalar, 250 dan ortiq talabalarning ilmiy jurnallar va konferensiya majmualarida maqolalari chop etilgan. Kafedraning professor-oʻqituvchilari va talabalari turli xalqaro grantlarni qolga kiritganlar. Ular quyidagilardir: 1)English Access Microscholarship dasturi (AQSh elchixonasi granti) Koordinator D. Mamyrbaeva. 2016-2018; 2018-2020; 2020-2022, 2022-2024 yillar; 2) Satellite Ascess dasturi (AQSh elchixonasi granti) Koordinator K.Yakupova. 2020-2022-yillar; 3) Xorijiy til oʼqituvchilari uchun koʼp tillilik va koʼp madaniyatlilikga asoslangan oʼquv dasturlarini ishlab chiqich. Koordinator D. Mamyrbaeva. Proekt asosida Amerika Qoʻshma Shtatlarining Vermont shtatidagi Xalqaro taʼlim maktabi va Nokis davlat pedagogika instituti o’rtasida Memorandum imzolandi.
O’qituvchi va talabalarning, olimlarning, doktorantlarning davlatimizda chet tillarni o’rganish, o’qitish va baholash bo’yicha yuzaga kelayotgan muammolar, ularni yaxshilash bo‘yicha fikr-mulohazalarni tahlil qilish, chet tiliga bo‘lgan qiziqishlarning natijalarini oshirish maqsadida ingliz tili va adabiyoti kafedrasi har yili chet tillarni o‘qitish va o‘rganish bo‘yicha xalqaro konferensiyalar tashkil etadi. Ulardan 2019 yilda «Xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsiyalar: muammolar va istiqbollar,» 2020 yilda «Xorijiy til darslarida STEM texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlari,» 2022 yilda «Bog‘cha-maktab-oliy ta’lim-korxona» tamoyili asosida xorijiy tillarni o‘qitishni ommalashtirish usullari» hamda 2024 yilda «Chet til ta’limida milliy va jahon ilm-fan texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish afzalliklari va muammolari» mavzusidagi konferensiyalarni qayd etish mumkin.
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasida akademik faollik, ta’lim va ilmiy tadqiqotlar sohasida nafaqat O‘zbekiston Respublikasi, balki qator xorijiy davlatlarning boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 2020 yilda kafedraning 6 nafar talabasi bir semestr O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida, 3 nafar talabasi Qozog‘iston Respublikasi Ostona shahrida joylashgan Yevroosiyo milliy universitetida, 2022-2023 yillarda 3 nafar talabamiz Slovakiya davlatida, 2022 yilda 1 nafar magistratura talabasi Kuban davlat universitetida, 2024 yilda 4 nafar talaba Qozog‘iston Respublikasi Yevroosiyo milliy universitetida va 4 nafar talaba Slovakiya mamlakatidagi Comenius va Constantine the Philosopher universitetlarida akademik almashinuv dasturi bo‘yicha ta’lim oldi. Shu bilan birga boshqa oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari, xususan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, p.i.d., L.T.Ahmedova va Yevrosiyo Milliy universiteti professori, f.i.d., G.I.Baygunisova, dotsentlar G.Gauriyeva, A.Abdixalikova, J.Nurjanova, A.Abduvaxitova, Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasi tomonidan yuborilgan o‘qituvchilar Grace Gudlak Juzeppe Chuaramonte talabalarimiz bilan darslar olib bormoqda va ularning ilmiy-tadqiqot ishlariga ilmiy rahbarlik qilmoqda.
