Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti
![]() |
Fakultet dekanı: |
Pedagogika fanlari nomzodi, professor Seytjanova Ulbosın Kudaybergenova |
Telefonı: | +99891-394-57-77 | |
e-mail: |
U.Seytjanova @mail.ru |
|
Qabul qilish vaqti |
dushanba, seshanba va payshanba soat 15:00 – 18:00 |
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti qaytatdan tashkil etilganligi bilan 1990 yili «Pedagogika» fakul`teti etib tashkillashtirildi. Fakul`tetni professor J.Narimbetov boshqardi. 1992-1994 yillari professor O.Aleo`ov, 1994-1998 yillari professor O.Dospanov, 1998-2000 yillari dotsent T.Xalmuratov, 2000-2005 yillari dotsent SH.Saparovlar dekan lavozimida boshchilik etti. 2005 yil sentyabr` oyidan «Boshlangich ta`lim metodikasi» va «Maktabgacha tarbiya» fakul`tetlari biriktirilib, «Pedagogika» nomi bilan nomlandi va fakul`tetga f.f.n. P.Najimov boshchilik etti. 2008 yil oktyabr oyidan boshlab fakul`tetning nomi «Maktabgacha tarbiya» fakul`teti bo`lib o`zgardi va fakul`tetda p.f.n. Q.Seytmuratov dekan lavozimida ishladi. 2010 yil aprel` oyidagi institut ilmiy kengashining qarori bilan rektor buyrug`i asosida fakul`tet nomi «Pedagogika» bo`lib o`zgartildi va g.f.n. K.Jaqsыmuratov fakul`tet dekani etip bekitildi. 2013-2016 yillari fakul`tetga dotsent Z.Klыcheva, 2016-2017 yillari katta o`qituvchi M.Allayarovlar boshchilik etti. 2017 yil yanvar oyidan boshlab fakul`tetni ps.f.n, dotsent SH.Saparov boshqarib kelmoqda. Fakul`tet tarkibida 4 ta kafedra, ya`ni «Musiqiy ta`lim», «Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi», «Pedagogika» va «Psixologiya» kafedralari bo`lib, ularda 1 fan doktori, professor, 15 fan nomzodi, dotsentlar, 12 katta o`qituvchi va 8 assistent o`qituvchilar talabalarga ta`lim bermoqda. Fakul`tetda 3 ta bakalavr ta`lim yo`nalishlarida, ya`ni «Musiqiy ta`lim», «Tasviriy san`at va muhandislik grafikasi», «Pedagogika va psixologiya» ta`lim yo`nalishlarida 642 ta talaba ta`lim olmoqda, ulardan 175 nafari davlat granti va 467 nafari to`lov-shartnoma asosida. Talabalar har yili Respublika va xalqaro miqiyosidagi konferentsiyalarda, ko`rik-tanlovlarda,festivallarda va fan olimpiadalarida faol ishtirok etib kelmoqda. Fakul`tet tarkibidagi kafedralar:
- Musiqiy ta’lim
- Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi
- Pedagogika
- Psixologiya
Ta`lim yo`nalishlari:
- 5111100-«Musiqa ta`limi»
- 5110800-«Tasviriy san`at va muxandislik grafikasi»
- 5110900-«Pedagogika va psixologiya»
Magistratura mutaxassisligi