AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasi

 Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida «Maktabgacha tarbiya va defektologiya» kafedrasi dafektologiya bo’yicha ixtisoslik kafedra bo’lib, kafedraga pedagogika fanlari nomzodi, docent Bekimbetova  Aynagúl Amangeldievna boshchilik etadi.

 

 Defektologiya (logopediya) ta’lim yo’nalishida til nuqsonlarini korrekciyalash bo’yicha mutaxassis tayorlab chiqarish nazarda tutilgan. Defektolog mutaxassislar maxsus maktabi internatlar, maxsus maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy ta’lim maktablarida, maktabgacha ta’lim organlarinida, bolalar «Muruvvat» uylari, «Mehribonlik» uylarida logoped, sog’liqni saqlash vazirliliga tegishli muassasalarda defektolog, logoped, surdopedagog, oligofreno-pedagog, tiflopedagog mutaxassislar, nodavlat organlarinida defektolog sifatida xizmat ko’rsatadi.

 

 Ayni vaqtda «Maktabgacha tarbiya va defektologiya» kafedrasida asosiy shtatta 12 professor -o’qituvchilar xizmat qilib kelmoqda. Ular 5111900-Dafektologiya (logopediya) ta’lim yo’nalishida ta’lim-tarbiya ishlarini olib barmoqta.  Kafedrada 2 docent – Bekimbetova. A, Nurjanova. R, 9 assistent-o’qituvchi – Tasbaeva. G, Salamova. F, Saparov. A, Tajimuratova. K, Jumabaeva. G, Erjanova. M, Qurbamuratova. Z, Esnazarova. Z va 2 stajyor-o’qituvchi – Karlıbaeva. J, Shakirova. S ta’lim beradi.

 Kafedrada ziyrak talabalar bilan ishlash ishlari olib boriladi. Shu jumladan «Yosh defektolog» to’garagi faoliyat olib boradi. Logopediya fan kabinetida logopedik mashg’ulotlar o’tkazish uchun qulay asbob-uskunalardan foydalanib darsdan so’ng mashg’ulotlar bilan band bo’ladi. Har xil logopedik seminar -treninglar tashkil etilib boriladi. Bunday tadbirlar talabalarning bilimlarini amaliy ko’nikmaga aylantirishda júda muhim, raqobatbardosh mutaxassis tayorlashda juda zarur. Ziyrak talabalarimiz televidenie orqali rubrika tayorlab mashg’ulotlar o’tkazib, ota-onalarga o’z maslahatlarini berdi.

 

 Shu jumladan Maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasi o’qituvchilar birgalikda ishlashish shartnomasi asosida Qoraqalpog’iston Respublikasidagi maxsus maktabgacha tarbiya tashkilotlari, maktab -internatlarda amaliyot o’taydi.

2021- yil 20-21-may kunlari kafedramizda kafedra boshlig’i va professor -o’qituvchilar boshchiligida “Maktabgacha ta’lim: tajribalar, muammolar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazildi.

  

 Shuningdek, 2019-yil Fransiyaning INSHEA universiteti bilan shartnoma tashkil etildi. 2021-yili Kuban pedagogika universiteti bilan 2+2 dasturi bo’yicha yo’nalishlamaga imzolandi.

 Maktabgacha tarbiya va defektologiya kafedrasining xorijiy oliy o’quv yurtlari bilan olib borilgan ish-rejasiga muvofiq Kuban davlat universiteti docenti, p. i. k., Solenova Regina Ilinishna bilan Zoom platforması orqali “Ta’lim transformatsiyasining zamonaviy sharoyitda yuqori maktab o’qituvchisi kasblik faoliyatining farqli xususiyatlari” nomli seminaritrening o’tkazildi.

 

 

 Kafedra mudiri A. Bekimbetova Nukus tumanida “Yangi O’zbekiston -yangicha qarash” nomidagi targ’ibot-tashviqot ishlariga fidoyi ishtirok qilishdi. O’z bayonotlarida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda bugungi kundagi yangilanishlar, ilm-fan sohasidagi yutuqlar, yoshlarimiz va xalqimiz uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, yirik qurilish ishlari, har bitta sohaga qaratilayotgan e’tiborlarga to’xtalib o’tdi.