Tarix
![]() |
Fakultet dekani: | t.f.d. M.K.Saribaev |
tel.: | +998 (91 ) 301-04-39 | |
e-mail: | nkspi_info@edu.uz | |
veb sayt: | http://tariyx-geo.ndpi.uz |
Fakultet tarkibi: Fakultet dekani tarix fanlari doktori – M.Saribaev , Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o’rinbosari D.Reimov, O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosarlari N.Djumageldiev, B.Sag`indikov, R.Utepbergenov, Ilmiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari S.Dosmaganbetov, “Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasiga t.f.d. (DSc) R.Bazarbaev, “Ijtimoy “ kafedrasi v.v.b (PhD) U.Xojaniyazov, “Milliy g’oya ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasiga p.f.d. (PhD) E.Tilewov, “Geografiya o’qitish metodikasi” kafedrasiga g.f.k dotsent G.Utepova boschilik qilmoqda. 2023-2024 o’quv yilida fakultet talabalar soni 727 nafarni tashkil etti.
Tarix fakul`teti bugungi kunda Respublikamizning Xalq ta`limi sohasi uchun tarixchi, geograf, milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi bo`yicha oliy ma`lumotli pedagog kadrlar tayyorlashga yo`naltirilgan.
Fakul`tetda talabalarning bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Barcha o`quv auditoriyalari komp`yuter va videoproektorlar bilan jihozlangan bo`lib, lokal` internet tarmog`iga ulangan. Bundan tashqari professor-o`qituvchilar va talaba yoshlarning erkin foydalanishlari uchun bepul Wi-Fi uskunalari o`rnatilgan. Fakul`tetdagi komp`yuter va lingofon sinflaridan talabalar dars jarayonlarida foydalanib kelmoqda. Bunday imkoniyatlardan unumli foydalangan professor-o`qituvchilar talabalarga zamonaviy va ilg`or pedagogik ta`lim texnologiyalarini qo`llagan holda dars mashg`ulotlarini o`tib kelmoqda.
Talabalar olgan nazariy bilimlarini doimiy ravishda amaliyotlarda mustahkamlab boradi. Jumladan, 1,2-kurs talabalari o`quv-dala, arxeologik, etnografik va ishlab chiqarish amaliyotlarini o`tayotgan bo`lsa, 2-3-4-kurs talabalari esa 4+2 tizimi bo`yicha 4 kun oily ta`lim muassasasida va 2 kun umumiy o`rta ta`lim maktablarida pedagogik amaliyot o`tab kelishmoqda.
Fakul`tetda talabalarga yaratib berilgan imkoniyatlar natijasida fakul`tet talabalari orasidan davlat stipendiyalari g`oliblari bo`lmoqda.
Xususan: Tarix o`qitish metodikasi talabasi A.Abdullaeva, Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi talabasi D.Turkpenbaeva va Geografiya o`qitish metodikasi talabasi M.Bazarbaevlar «Navoiy» nomidagi Davlat stipendiyasi g`olibi bo`lgan bo`lsa, Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi talabasi A.Jumabaev va Geografiya o`qitish metodikasi talabasi A.Sharibayevlar «Islom Karimov» nomidagi Davlat stipendiyasi, Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi talabalari J.Jollibaeva «Ajiniyoz» nomidagi va N.Muptullaeva «Kasaba uyushmalari» stipendiyalari g`olibi bo`lishdi.
Shuningdek, fakul`tetimiz talaba yoshlari har yili Respublika miqyosida o`tkaziladigan har xil ko`rik tanlovlar va sport musobaqalarining faol ishtirokchilari.
2019 yil dekabr` oyida Toshkent shahrida o`tkazilgan “Tafakkur sinovlari” ko`rik-tanlovining O`zbekiston Respublikasi final bosqichida fakul`tet jamoasi Respublikamizning barcha oliy ta`limi muassasalari orasidan faxrli 1-o`rinni egalladi.
Bunday tashqari, fakul`tet zukko yoshlaridan tashkil topgan «Shejire» intellektual klubi hamda quvnoq yoshlardan tarkib topgan «O`a-ha-ha» QVZ jamoalari har yili Respublika miqyosida o`tkazilib kelayotgan tanlovlarda sovrinli o`rinlarni egallashga muvaffaq bo`lib kelmoqda.
Fakul`tet tarkibi:
- 4 kafedra: shundan 3 tasi mutaxassis chiqaruvchi bo`lib, jami 81 professor-o`qituvchi faoliyat ko`rsatmoqla. Shundan, 5 fan doktori, 29 fan nomzodi. Fakul`tetda jami 727 talaba tahsil olmoqda.
Kafedralar:
- Tarix o`qitish metodikasi kafedrasi
- Geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi
- Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi kafedrasi
- Ijtimoiy fanlar kafedrasi
Ta`lim yo`nalishlari:
- 5110500 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari;
- 5110500 – Geografiya o`qitish metodikasi;
- 5110600 – Tarix;
- 5110600 – Tarix o`qitish metodikasi;
- 5111600 – Milliy g`oya, ma`naviyat asoslar va huquq ta`limi.
Fan to`garaklari:
- «Yosh tarixchi»;
- «Yosh arxeolog»;
- «Yosh geograf»;
- «Yosh huquqshunos»;
- «Yosh ideolog»;
Kafedralar:
- Tarix o`qitish metodikasi kafedrasi
- Geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi
- Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi kafedrasi
- Ijtimoiy fanlar kafedrasi
Ta`lim yo`nalishlari:
- 5110500 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari;
- 5110500 – Geografiya o`qitish metodikasi;
- 5110600 – Tarix;
- 5110600 – Tarix o`qitish metodikasi;
- 5111600 – Milliy g`oya, ma`naviyat asoslar va huquq ta`limi.
Fan to`garaklari:
- «Yosh tarixchi»;
- «Yosh arxeolog»;
- «Yosh geograf»;
- «Yosh huquqshunos»;
- «Yosh ideolog»;
- «Yosh iqtisodchi»;