Turkiy tillar
Fakultet dekani: | f.f.n, dot. Davletov Barliqbay Abdimuratovich | |
tel: | +998907056771 | |
e-mail: | filologiy@ndpi.uz | |
veb-sayt: | turkiy-tiller.ndpi.uz |
TURKIY TILLAR FAKULTETI HAQIDA MAʼLUMOT
Fakultet 1934-yili Nukus davlat pedagogika instituti tarkibidagi dastlabki fakultetlardan biri sifatida tashkil topgan.
2019-yildan Turkiy tillar fakulteti boʻlib qayta tashkillashtirilgan, bugungi kunda filologiya fanlari nomzodi, dotsent, Davletov Barliqbay Abdumuratovich boshchilik qilib kelmoqda.
Fakultet tarkibi «Qoraqolpoq tili»,«Qoraqalpoq adabiyoti»,«Oʻzbek tili», «Oʻzbek adabiyoti» va «Qozoq tili va adabiyoti» kafedralaridan iborat boʻlib jami 62 professor-oʻqituvchi talaba-yoshlarga bilib berib kelmoqda. Shundan 8 fan doktori, 23 fan nomzodi va dotsentlar, 9 PhD doktorlari, 22 ta assistent oʻqituvchini tashlik qiladi.
Bugungi kunda Turkiy tillar fakultetida jami talabalar soni 1187 boʻlib, shundan 138 tasi oʻgʻil bola, 1049 tasi qiz bolalarni tashkil qiladi. Fakultet taʼlim-tarbiya yoʻnalishida Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya kabi davlatlarning oliy oʻquv yurtlari v ailmiy tadqiqot institutlari bilan sheriklik ishlarini yoʻlga qoʻygan. Fakultet professor-oʻqituvchilari chet davlatlar bilan tajriba almashib kelmoqdalar.
Qoraqalpoq tili kafedrasi.
Qoraqalpoq tili kafedrasi professor-oʻqituvchilarining ilmiy potensiali 84,4 foizni tashkil qiladi. Kafedrada 2 ta fan doktori, 11 ta fan nomzodi va nomzodlar, 2 PhD doktorlari, 5 assistent oʻqituvchidan iborat. Shundan, 1 Qoraqolpogʻiston Respublikasi Mehnat fidoyisi koʻkrak nishoni, 8 ta Oʻzbekiston va Qoraqolpogʻiston Respublikalari xalq taʼlim aʼlochisi koʻkrak nishoni sohiblari xizmat qilib kelmoqda.
Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasi.
Qoraqalpoq adabiyoti kafedrasida jami 11 ta professor-oʻqituvchi ish olib boradi. Shundan, fan doktorı, fan nomzodi dotsentlar 2 nafar, filologiya fanlari boʻyicha, falsafa doktorlari 4 nafar, ilmiy darajaga ega emas professor-oʻqituvchilar 4 nafar. Kafedraning ilmiylik darajasi 63 foizni tashkil qiladi.
Oʻzbek tili kafedrasi
Oʻzbek tili kafedrasi professor-oʻqituvchilarining ilmiy koʻrsatkichi 53,3 foizdan ortiq. Kafedrada 3 ta fan doktori, 4 ta fan nomzodi va dotsentlar, 6 nafar assistent-oʻqituvchidan iborat. Kafedrada Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan fidoyilari, xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni sohiblari faoliyat koʻrsatib kelmoqda.
Oʻzbek adabiyoti kafedrasi
Hozirda Oʻzbek adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilarining ilmiy koʻrsatkichi 62,5 foizni tashkil qiladi. Kafedrada 5 nafar fan nomzodi, shundan 1ta professor va 4 ta dotsent faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda kafedra professor-oʻqituvchilari chet davlatlar bilan faol tajriba almashib kelmoqdalar.
Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi
Hozirgi kunda kafedrada 10 ta professor-oʻqituvchi dars berib kelmoqda. Shundan, 1 ta fan doktori va professori, 2 ta fan nomzodi va 3 nafar falsafa doktori hisoblanib, ilmiy koʻrsatkichi 40 foizni tashkil qiladi. Kafedraning 2023-2024-oʻquv yilida professor-oʻqituvchilar safida 1 ta fan doktori, professor, 3 nafar falsafa doktori, 1 ta katta oʻqituvchi va 2 nafar stajyor oʻqituvchilar talabalarga bilim bermoqdalar.
Fakultetda mavjud taʼlim yoʻnalishlari shifr soni bilan birgalikda:
Turkiy tillar fakultetida talaba-yoshlar 5 ta taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bilim olmoqda.
- 60111500 – Qoraqalpoq tili va adabiyoti.
- 60111400– Oʻzbek tili va adabiyoti.
- 60111500 – Qozoq tili v aadabiyoti.
- 60111500–Turkman tili va adabiyoti.
- 60111600– Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili.
Qozoq tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi Bekniyazov Berik malaka oshirishda.
Fakultet tarkibidagi kafedralar ro‘yxati: