Ustozlar – hayotimiz shamchirog‘i

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazida “Ustozim – hayotim shamchirog‘i” mavzusida suhbat kechasi bo‘lib o‘tdi.
Kechada texnika fanlari doktori, professor Bo‘ribay Dauletmuratov, axborot-resurs markazi direktori Gulayim Jiyemuratova, markazning xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rita Amanbayeva, Aniq fanlar fakulteti tyutorlari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda talabalarga professor Bo‘ribay Ko‘ptileuovichning hayoti va ilmiy-pedagogik faoliyati, nashr etilgan monografiya, darslik va o‘quv qo‘llanmalari haqida ma’lumotlar berildi.
Kechada ustoz Bo‘ribay Dauletmuratov bolalik davridan ilmga, bilim olishga qiziqishi yuqori bo‘lganligi, ustozlari, ilmiy-tadqiqot ishlari haqida aytib, talaba-yoshlarga bugungi yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, ilm yo‘lida o‘z yo‘lini davom ettirishi, qobiliyatlarini rivojlantirib borish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishi zarurligi bo‘yicha maslahatlar berdi.
Suhbat davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Ushbu tadbir yoshlarni ilm-fan yo‘lida yangi marralarga yo‘naltirishda motivatsion ahamiyatga ega bo‘ldi.
NukusDPI matbuot xizmati.
