Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş – davr talabi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payşanba – yoşlar kuni” hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan talaba-yoşlarning kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini oşiriş, internet tarmoğida uçraydigan turli tahdid va firibgarliklardan ogoh etiş hamda kiberjinoyatlarning oldini oliş maqsadida tarğibot uçraşuvi taşkil etildi.

Tadbirda Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi katta inspektori, leytenant Şohruh Yuldaşov hamda institutning xotin-qizlar profilaktika inspektori Miyrigul Narimbetova iştirok etdi.

Uçraşuv davomida bugungi kunda raqamli texnologiyalar va internetdan foydalaniş imkoniyatlari kengayib borayotgani bilan bir qatorda, kiberjinoyatlar va internet firibgarligining turli körinişlari ham uçrayotgani ta’kidlandi. Şu munosabat bilan talaba-yoşlarning raqamli savodxonligini oşiriş, ularda internetdan xavfsiz foydalaniş könikmalarini şakllantiriş hamda kiberjinoyatlarning oldini oliş muhim ahamiyat kasb etişi qayd etildi.

Tadbirda katta inspektor Şohruh Yuldaşov tomonidan talabalarga internet orqali sodir etiladigan firibgarliklar, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi soxta akkauntlar, şubhali havolalar, bank kartalari ma’lumotlarini noqonuniy qölga kiritiş hamda fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlaridan ğarazli maqsadlarda foydalaniş kabi holatlar haqida tuşuntirişlar berildi.

Şuningdek, fuqarolarning işonçidan foydalanib, ularni turli yolğon takliflar va xabarlar orqali aldaş usullari, bunday jinoyatlarga aldanib qolmaslik çoralari hamda kiberjinoyatga duç kelganda qanday harakat qiliş lozimligi haqida tavsiyalar berildi.

Talabalarga bank kartasi ma’lumotlari, SMS orqali keladigan tasdiqlaş kodlari va şaxsiy parollarni begonalarga bermaslik, noma’lum havolalarga kirmaslik, şubhali qönğiroq va xabarlarga işonmaslik, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini himoyalaş zarurligi alohida ta’kidlandi.

Uçraşuv davomida yoşlarning huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, internetdan foydalanişda huşyorlik va mas’uliyatni oşiriş, şuningdek, yoşlarni turli kiberxavflardan himoya qiliş va huquqbuzarliklarning oldini oliş masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, kiberjinoyatlardan himoyalanish va shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Mazkur targ‘ibot uchrashuvi talabalarning kiberxavfsizlik borasidagi bilimlarini mustahkamlash, huquqiy savodxonligini oshirish hamda internet muhitida xavfsiz xulq-atvor ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

NukusDPI matbuot xizmati.