NukusDPI jamoasi va talaba-yoşlari “Yaşil makon” umummilliy loyihasida faol iştirok etdi

Mamlakatimizda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida yaşil hududlar va “yaşil belboğ”lar barpo etiş, atrof-muhit muhofazasini ta’minlaş hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mana şu ezgu maqsad yölida Özbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari taşkil etilganligining 35 yilligi munosabati bilan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Prokuraturaning 35 yilligiga – 35 ming tup daraxt” aksiyasi amalga oşirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpoğiston Respublikasi prokuraturasi taşabbusi bilan Nukus şahridagi “Jasil bağ” mahallasi hududida 3 gektardan ortiq foydalanilmasdan kelingan yer maydoni özlaştirilib, köçat ekişga tayyor holatga keltirildi.

Mazkur hududda taşkil etilgan tadbir Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori Ş.Aminov rahbarligida ötkazilib, unda nuroniylar, faol yoşlar hamda jamoatçilik vakillari iştirokida 4 ming tupga yaqin yasin, qayrağoç, yapon safurasi va çinor köçatlari ekildi.

Tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi va talaba-yoşlari ham iştirok etib, hududga daraxt köçatlari ekişda faol qatnaşdi.

Mazkur aksiyadan közlangan asosiy maqsad yaşil maydonlar kölamini kengaytiriş, atrof-muhit musaffoligini ta’minlaş, hududning ekologik holatini yaxşilaş, şuningdek, aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni şakllantirişdan iborat.

NukusDPI matbuot xizmati.