Ankara universiteti professori Aynur Öz-Özcan institut talabalariga masofaviy shaklda dars mashg‘ulotlarini boshladi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Turkiy tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti hamda o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘quv rejalariga muvofiq belgilangan malakaviy amaliyotni tugatdi. Ular 2022-yil 14-martdan yana dars jarayonlarida ishtirok etmoqda.
Nukus davlat pedagogika instituti hamda Turkiya Respublikasi Ankara universiteti tomonidan „Mevlana“ dasturi doirasidagi memorandumga muvofiq Ankara universiteti Zamonaviy turkiy tillar va adabiyotlar bo‘limi professori, filologiya fanlari doktori Aynur Öz-Özcan 2022-yil 15-mart kunidan boshlab o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalariga joriy o‘quv yili 2-semestri uchun uchun belgilangan „Matnni sharhlab o‘qish“ fanidan masofaviy shaklda dars mashg‘ulotlarini boshladi.
Professor Aynur Öz-Özcanning ZOOM platformasi orqali tashkil qilinayotgan ma’ruza mashg‘ulotida fan dasturiga ko‘ra o‘zbek va turk tillari misolida adabiyot darslarida matnni sharhlab o‘qishning ilmiy-amaliy ahamiyati, adabiy aloqalarning o‘rni va roli, badiiy asarlarning til xususiyati to‘g‘risida talabalarda bilim, ko‘nikma hamda kompetensiyalarning rivojlantirilishiga erishildi.
