Nukus davlat pedagogika institutida «Teatr haftaligi» doirasida talabalar teatr-studiyalari tanlovi oʻtkazilmoqda

Xabaringiz bor, respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida «Teatr haftaligi» doirasida birqator madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bugun, 3-may kuni Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida haftalik doirasida fakultetlar oʻrtasida talabalar teatr-studiyalari tanloviga start berildi.

Tanlovning bugungi reglamentiga koʻra, Tarix hamda Fizika-matematika fakultetlarining qobiliyatli talabalari saxnada oʻz mahoratlarini namoyon etishga harakat qildi.

«Dunyoga kelmagan goʻdaklar nolasi» mavzusidagi saxna koʻrinishi orqali jamiyatdagi, odamlar orasidagi arzimagan sabablar tufayli yuzaga keladigan oilaviy muammolar, ularning farzand tarbiyasiga, uning kelajagiga boʻlgan salbiy oqibatlarini koʻrsatib bergan Tarix fakulteti talabalari tomoshabinlar koʻnglidan joy olgan boʻlsa, mashhur qoraqalpoq dramaturgi Kenesbay Raxmanovning «Injiqning muhabbati» komediyasini mohirona ijro etgan Fizika-matematika fakulteti talabalari yigʻilganlarga koʻtaringki kayfiyat ulashdi.

Tanlov belgilangan grafik asosida barcha fakultetlar kesimida davom etmoqda.

Nukus DPI matbuot xizmati.