Qoraqalpogʻiston Respublikasi delegatsiyasi aʼzolari Tataristonda ishlab chiqarish oʻrinlarining faoliyati bilan tanishdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari Bayrambay Otemuratov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Batirbek Qayipbergenov boshchiligidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya aʼzolari amaliy safar doirasida Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasida boʻlib turibdi.

Delegatsiya aʼzolari safar doirasida Yelabuga tumanida joylashgan sanoat ishlab chiqarish turidagi “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasiga borib, u yerdagi sharoitlar, ayniqsa, oʻquv va amaliyot jarayonini birgalikda yoʻlga qoʻyish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Maxsus iqtisodiy zonada yiliga eng yuqori tajribaga ega boʻlgan 10 ming ishchi tayyorlanadigan, ishlab chiqarish robototexnika, kimyo-laboratoriya tahlili, BIM-loyihalash, elektrotexnika, mikroelektronika, xalqaro pedagogika, yurisprudensiya va shu kabi 20 ga yaqin yoʻnalishlar boʻyicha yoshlarning bilim va amaliy koʻnikmalarini yuksaltirishga, shu bilan birga, oʻz loyihalarini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan “Alabuga International School”, “Alabuga Politex” xalqaro taʼlim markazlarining faoliyati delegatsiya aʼzolarida katta qiziqish uygʻotdi.

Amaliy safardan koʻzlangan asosiy maqsad Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va yangi yoʻnalishlar boʻyicha samarali ikki tomonlama aloqalar oʻrnatishdan iborat.

NukusDPI matbuot xizmati.