Vazir Nukus davlat pedagogika institutida rahbar xodimlar va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi

Bugun, 7-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Institut rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda mamlakatimizda oliy taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor, sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalari borasida fikr almashildi, shuningdek, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlikning yakuniy bosqichi, ilmiy-pedagogik yoʻnalishda amalga oshiriladigan ishlar keng muhokama qilindi.
Uchrashuvda vazir professor-oʻqituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-innovatsion loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha takliflarini tingladi.
Uchrashuv soʻngida yangi oʻquv yili davomida sohada samaradorlikni oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
