NukusDPI talabasi Nurkeldi Turg‘anbayev qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

Shu yilning 10-15-mart kunlari oralig‘ida Toshkent shahrida sportning qilichbozlik turi bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida (U20) O‘zbekiston chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, musobaqada Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetining 2-kurs talabasi Nurkeldi Turg‘anbayev 1-o‘rinni egalladi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, u yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida bir necha bor g‘olib bo‘lgan edi.
O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Nurkeldi Turg‘anbayevni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan institutimiz jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!
NukusDPI matbuot xizmati.