Birinchi prorektor talabalarga “Ma’naviyat va kelajak soati” darsini o‘tdi

Xabaringiz bor, yangi o‘quv yilidan boshlab barcha ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Kelajak soati” darsi o‘tkazilmoqda.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida ham haftaning har dushanba, seshanba va chorshanba kunlari akademik guruhlar kesimida “Ma’naviyat va kelajak soati” darslari muntazam tashkil etilmoqda.

Shu asosda bugun, 20-oktyabr kuni institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Quvondiq Qodirov talabalarga “21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun” mavzusida dars o‘tdi.

Dars davomida talabalarga o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining tarixiy ahamiyati, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va bugungi kunda davlat tili siyosatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Institutda “Ma’naviyat va kelajak soati” darslari yuqori tashkilotchilik bilan o‘tkazilmoqda.

NukusDPI matbuot xizmati.