Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida talabalar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy markazi shifokori D.Qurbanova, institutning profilaktika inspektori M.Narimbetova, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda fakultet dekanining o‘rinbosari X.Yesemuratov so‘zga chiqib, yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning jamiyat va yoshlar hayotiga salbiy ta’siri, uning salomatlik, ma’naviy dunyoga va kelajakdagi hayotiga keltiradigan zarari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun belgilangan qonuniy javobgarlik choralari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish barchamizning umumiy vazifamiz ekanligi, yoshlar o‘rtasida huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish bo‘yicha bunday profilaktik tadbirlar muntazam o‘tkazilishi ta’kidlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
