Talabalar turar joyida voleybol bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Qizg‘in tarzda o‘tgan musobaqa talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ular o‘rtasida sportni ommalashtirishga xizmat qildi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, institut sport klubi hamda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan taqdirlandi.
NukusDPI matbuot xizmati.
