Bayram munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan talaba-qizlar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada institut fakultetlaridan jamoalar ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
O‘ta qizg‘in ruhda o‘tgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, institut sport klubi tomonidan bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Tadbirda institut rektorining maslahatchisi G‘ulomjon Ibadullayev ishtirok etib, ishtirokchilarni bayram bilan tabrikladi va yoshlar o‘rtasida bunday tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazilishini ta’kidladi.
NukusDPI matbuot xizmati.
