Vazirning birinchi oʻrinbosari NukusDPIda barpo etilayotgan sport majmuasi va talabalar turar joyining qurilishini koʻzdan kechirdi

Bugun, 1-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida vazirning birinchi oʻrinbosari institutda talaba-yoshlar uchun qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida barpo etilayotgan sport majmuasi hamda 500 oʻrinlik talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishdi.

Koʻzdan kechirish davomida Shohrux Daliyev tegishli masʼullar, soha mutaxassislari va quruvchilar bilan suhbatlashib, qurilish ishlarini oʻz vaqtida, sifatli qilib yakunlash boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.

NukusDPI matbuot xizmati.