Test sinovlarining beshinchi kuni yuqori darajada oʻtkazilmoqda

Bugun, 18-iyul kuni 2024-2025-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovlarining uchinchi kuni boshlandi.

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti tomonidan Respublika oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida oʻtkazilayotgan test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlar va ota-onalari uchun kutish joylari, test jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati, shuningdek, boshqa da zarur sharoitlar yaratildi.

Eslatib oʻtamiz, test sinovlari kuniga ikki smenada – 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha, 2-smena esa 15:00 dan 18:00 gacha boʻlib oʻtadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovlari shu yilning 25-iyul kunigacha davom etadi.

Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali onlayn translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni test2024.uz sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

NukusDPI matbuot xizmati.