NukusDPIda talabalar o‘rtasida “Konstitutsiya olimpiadasi” o‘tkazildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning asosiy tamoyillari va qoidalari bo‘yicha bilimlarini oshirishni rag‘batlantirish, hayotda o‘zlarining munosib o‘rinlarini topishda Bosh Qomusimizning ahamiyati va rolini tushunib olishlariga munosib sharoitlar yaratish maqsadida “Konstitutsiya olimpiadasi” o‘tkazildi.
“Konstitutsiya olimpiadasi” 2 bosqichda tashkil etildi.
Birinchi bosqich – test sinovi va ikkinchi bosqich – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bo‘lim, bob va moddalari bo‘yicha ijodiy ish.
Olimpiada yakunlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Shunday qilib, “Konstitutsiya olimpiadasi”da:
1-o‘rin – Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakulteti maktab menejmenti ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Mehriban Qazaqbayeva;
2-o‘rin – Tarix fakulteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Gulbahar Yusupbekova;
3-o‘rin – Tarix fakulteti milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishining 1-kurs talabasi Malika Orinbayevaga nasib etdi.
NukusDPI matbuot xizmati.
