Fakultetlarda giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha tanlovlar tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining barcha fakultetlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni asosida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” shiori ostida bir qator tanlovlar bo‘lib o‘tdi.
Xususan, Pedagogika-psixologiya va ijodiy ta’lim fakultetida o‘tkazilgan “Eng yaxshi rasm” tanlovi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning zararli oqibatlarini tushuntirish va ijodkor talabalarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida o‘tkazilgan shu mazmundagi tanlovda ishtirokchi talaba-yoshlar giyohvandlikning oqibatlari aks ettirilgan rasmlar orqali o‘zlarining ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga harakat qilishdi.
Aniq fanlar fakultetida tyutorlar I.Embergenova va M.Aytmuratova rahbarligida talaba-yoshlar o‘rtasida “Eng yaxshi asar” shuningdek, B.Dalibayev, R.Tursinbayev rahbarligida “Eng yaxshi rasm” tanlovlari o‘tkazilib, yoshlar mamlakatimizning kelajagi ekanligi, har bir yosh o‘z hayotiga mas’uliyat bilan qarashi, zararli illatlardan yiroq bo‘lishi kerakligi tushuntirildi.
