Diqqat, diqqat! NukusDPI talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” turniri tashkil etilmoqda

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yuksak ma’naviyatli, erkin fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, ularning intellektual fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida fakultetlar o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Zakovat” intellektual turniri tashkil etilmoqda.
Turnir 2026-yilning mart, aprel va may oylari davomida o‘tkaziladigan jami 5 turdan iborat bo‘ladi. Har bir tur ikki haftadan bir marta, haftaning juma kuni soat 16:00 da institutning Tabiiy fanlar fakulteti katta majlislar zalida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, intellektual turnirning birinchi tur o‘yini joriy yilning 13-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Shunday ekan, barcha faol va zukko talaba-yoshlarni intellektual turnirda kutamiz!
Sanasi: 2026-yil 13-mart;
Vaqti: 16:00;
O‘rni: NukusDPI Tabiiy fanlar fakulteti katta majlislar zali.