Institutda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Payshanba – yoshlar kuni” munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Moliya, iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Atamurat Shamuratovning faol talaba-yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan loyihalar, yoshlar bandligini ta’minlash, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, startap loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar, kredit va grant imkoniyatlari hamda kasb-hunar egallashning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Tadbir davomida yoshlar o‘z tashabbuslari haqida so‘zlab, savollariga javob oldi.

NukusDPI matbuot xizmati.