Pedagogik oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etilmoqda

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi taʼsis etiladi.

Bundan asosiy maqsad, pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanayotgan hamda bilimli va iqtidorli talabalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Mazkur stipendiya pedagogika yoʻnalishidagi har bir oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan bir nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.

Maʼlumot uchun, Abdulla Avloniy stipendiyasi 1 461 028 soʻmni tashkil etadi hamda oddiy stipendiyadan  839 572 soʻmga koʻp. Ayni vaqtda ushbu stipendiyaga yurtimizdagi pedagogika yoʻnalishidagi mavjud 13 ta oliygohning 74 480 nafar oxirgi 2 kurs talabalari nomzod boʻlishlari mumkin.

NukusDPI matbuot xizmati.