Filologiya fakultetida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv tashkil etildi

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Filologiya fakultetida talaba-yoshlarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtirokini yanada mustahkamlash, ularning ta’lim olishi va ma’naviy kamolotida ota-onalar bilan samarali hamkorlikni ta’minlash maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda institut rektori v.b. Q.Qodirov, rektor maslahatchisi G‘.Ibadullayev, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Sh.Shamuratov, fakultet dekani G.Begmuratova, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarning o‘quv jarayoni, davomat, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish holati, shuningdek, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ota-onalarga farzandlarining o‘qishdagi yutuqlari, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
NukusDPI matbuot xizmati.
