NukusDPI jamoasi kibersport bo‘yicha respublika musobaqasida ishtirok etadi

Joriy yilning 22-23-aprel kunlari Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida kibersportning “CS:2” yo‘nalishi bo‘yicha respublika musobaqasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Yuzdan ortiq oliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etishi kutilayotgan musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish “Ziyo Forum” jamg‘armasi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda kibersport turlariga yoshlarni keng jalb etish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Musobaqada ishtirok etish uchun Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti jamoasi ham Toshkent shahriga yetib bordi.

Institutimiz jamoasiga musobaqada omad tilaymiz!

NukusDPI matbuot xizmati.